Yanvar oyida Malayziyaga borgan oʻzbekistonliklar soni ochiqlandi
2026-yilning yanvar oyida jami 2 686 nafar Oʻzbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda Malayziyaga safar qilgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Ularning safar maqsadlari boʻyicha taqsimlanishi quyidagicha koʻrinish olgan:
- sayohat – 2 563 nafar;
- qarindoshlarni yoʻqlash – 104 nafar;
- oʻqish – 14 nafar;
- xizmat yuzasidan – 5 nafar.
Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 800 nafarga yoki 42,4 foizga oshgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring