Rossiya aviakompaniyasi Urganch, Buxoro va Farg‘onaga reyslarni yo‘lga qo‘yadi
Rossiyaning “Уральские авиалинии” aviakompaniyasi Pulkovo (Sankt-Peterburg) aeroportidan Urganch, Buxoro va Farg‘ona shaharlariga reyslarni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqida kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Xususan, joriy yilning 2-23 oktyabr oralig‘ida seshanba kunlari “Sankt-Peterburg-Buxoro” yo‘nalishida Airbus320 samolyotlarida parvozlar amalga oshiriladi.
Shu davr ichida Airbus321 havo laynerlarida Urganchga reyslar boshlanadi.
11-25 oktyabr kunlari esa Sankt-Peterburgdan Farg‘onaga Airbus321 samolyotlarida parvozlar bajariladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring