Yangilangan “Apple” mahsulotlari taqdim etildi. Ular oldingi avloddan nimasi bilan farq qiladi?
Illyustrativ foto
Amerikaning “Apple” kompaniyasi kuzgi taqdimoti doirasida yangilangan mahsulotlarni taqdim etdi.
Jumladan, “iPhone 16” va “iPhone 16 Plus” modellari mos ravishda 6,1 va 6,7 dyuym diagonalli alyuminiy korpuslarda ishlab chiqariladi. Smartfonlar “A18” protsessori bilan jihozlangan boʻlib, u “iPhone 15”ga nisbatan smartfonlarni 40 foizga tezroq ishlash imkonini beradi. Kamera oʻlchamlari 48 megapikselga yetdi va kamerani kuzatish texnologiyasi paydo boʻldi. Shuningdek, batareyaning ishlash muddati ham oshdi.
Smartfonlar “iOS 18” tizimiga oʻrnatilgan “Apple Intelligence” sunʼiy intellekt (AI) texnologiyasi bilan jihozlangan. Buning yordamida foydalanuvchilar surat va videolarni tavsifi boʻyicha qidirish, vaqtni tejash maqsadida kiruvchi xabarlarning qisqacha tavsiflarini olish imkoniyatiga ega. Bundan tashqari, “Siri” yordamchisi dasturining imkoniyatlari oshdi, uni ham ovoz bilan, ham matn terish orqali boshqarish mumkin.
Kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy maʼlumotlari “Apple” tomonidan AI texnologiyasi ishining bir qismi sifatida yigʻilmasligi va saqlanmasligiga alohida ishontirdi.
AQSHda “iPhone 16” 799, “iPhone 16 Plus” 899 dollardan sotuvga chiqariladi.
“iPhone 16 Pro” va “iPhone 16 Pro Max” flagmanlari titan korpuslarda va mos ravishda 6,3 va 6,9 dyuymli diagonalli toʻrtta rangda ishlab chiqariladi. Ularda unumdorligi oshirilgan “A18 Pro” protsessori joylashgan.
“iPhone 16 Pro” shuningdek, 48 megapikselli kameralar va yaxshilangan foto va video imkoniyatlariga ega telefoto linzalariga ega. Bundan tashqari, ovoz va mikrofonlar sifati yaxshilandi.
AQSHda flagmanlarning narxi 999 (“iPhone 16 Pro”), 1199 (“iPhone 16 Pro Max”) dollardan boshlanadi.
“Apple Watch Series 10” aqlli soatlarining yangilangan liniyasi kengaytirilgan OLED-displey bilan jihozlangan boʻlib, ishlab chiqaruvchining fikriga koʻra, “Apple Watch Ultra 2”ning oʻtgan yilgi qimmatroq versiyasidan yaxshiroq. Yangi modellar S10 protsessori bilan jihozlangan. U “Apple” soatlarining barcha modellari ichida eng yupqasi hisoblanadi.
Shuningdek, soatning quvvatlanish vaqti qisqartirildi. Endi u yarim soatda 80 foiz quvvat olishi daʼvo qilinmoqda. Mavjud modellar jilolangan titan korpusli versiyani ham oʻz ichiga oladi. Ushbu qurilmalarning narxi 399 dollardan boshlanadi.
Toʻrtinchi avlod “AirPods” quloqchinlari H2 protsessori bilan jihozlandi. Ularda ovoz sifati oshdi, shovqinni kamaytirish funksiyasi ham paydo boʻldi. Taʼkidlanishicha, qurilma 30 soatgacha quvvatlanmasdan ishlay oladi.
Ularni simsiz yoki USB-C bilan quvvatlash mumkin. AQSHda qurilmalarning oddiy versiya uchun 129, faol shovqinni toʻsish funksiyalariga ega versiya uchun 179 dollar narxi belgilandi.
Bundan tashqari, kompaniya qiymati 549 dollarga USB-C ulagichi bilan jihozlangan “AirPods Max” quloqchinlari uchun yangilangan ranglar va “AirPods Pro 2” versiyasi uchun yangilangan funksiyalarni taqdim etdi.
Yangi qurilmalarga oldindan buyurtma berish mumkin va ularni 20-sentyabrdan keyin xarid qilish mumkin.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring