Yangilangan “Agrokoʻmakchi” maxsus mobil ilovasi ishga tushirildi
Yer egalari, fermer xoʻjaliklari, eksportyor, importyorlar uchun yangilangan “Agrokoʻmakchi” maxsus mobil ilovasi ishga tushirildi. Bu haqda Qishloq xoʻjaligi vazirligi axborot xizmati maʼlum qildi.
Endi fermer yoki dehqonlar zarurat boʻlganda telefon orqali oʻziga kerakli boʻlgan maʼlumotlarga ega boʻlishi mumkin.
“Agrokoʻmakchi” mobil ilovada:
— zararli organizmlar, begona oʻtlar haqida batafsil maʼlumot;
— ularga qarshi kurashish boʻyicha tavsiyalar;
— sinov va roʻyxatdan oʻtgan oʻsimliklarni himoya qilish vositalari va mineral oʻgʻitlar;
— eksport uchun ochilgan bozorlar;
— hududlarda faoliyat yuritayotgan biolaboratoriyalar;
— tuproqni agrokimyoviy tahlilini oʻtkazuvchi laboratoriyalar;
— oʻsimlik klinikalari;
— qadoqlovchi korxonalar va boshqa foydali maʼlumotlar jamlangan.
Xarita orqali zararlangan maydonni belgilab, karantin inspektorini chaqirish va uning faoliyati haqida “Inspektorni baholash tizimi” orqali izoh qoldirish ham mumkin.
“Qidiruv” menyusi yordamida maʼlumotlarni osongina topib olish mumkin boʻladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring