Yangi Zelandiya Rossiyaning 9 fuqarosi va 18 korxonasiga nisbatan sanksiya kiritdi
Illyustrativ foto
Yangi Zelandiya “Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini qoʻllab-quvvatlagan” Rossiyaning 18 korxonasi va 9 fuqarosiga nisbatan qoʻshimcha sanksiyalar kiritdi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Naniya Maxuta maʼlum qildi.
Diplomatning soʻzlariga koʻra, yangi cheklovlar Rossiya Federal xavfsizlik xizmati, Tashqi razvedka xizmatining qator rahbarlariga, shuningdek, Yangi Zelandiya rasmiylariga koʻra, qurol va harbiy texnologiyalarni yaratish va sotib olish bilan shugʻullanuvchi fuqarolarga taalluqlidir.
Bundan tashqari, Yangi Zelendiya Rossiyaning Ukrainadagi harakatlarida toʻgʻridan-toʻgʻri harbiy yordam koʻrsatgan Eron fuqarolariga ham sanksiyalar joriy etiladi.
Shu yilning fevral oyida Yangi Zelandiya rossiyalik siyosatchilar, harbiy xizmatchilar va biznesmenlarga nisbatan sanksiyalar joriy qilgan edi.
Avvalroq, “Bloomberg” agentligi Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 11-paketi boʻyicha Rossiya orqali tovarlar tranzitini cheklash imkoniyatini oʻrganayotgani haqida xabar bergandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring