Yangi qonun mohiyati nimada? Yoxud jamiyatda aholi osoyishtaligi va qonun ustuvorligini taʼminlashda mahallaning roli katta

14:33 03 Mart 2020 Siyosat
920 0

Oliy Majlis Senatining ikkinchi yalpi majlisida “Mahalla tizimi xodimlari kunini belgilash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni maʼqullangan edi. Davlatimiz rahbari joriy yil 3-mart kuni mazkur Qonunni imzoladi.

Taʼkidlash joizki, jamiyatda aholi osoyishtaligi va qonun ustuvorligini taʼminlash, ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirishda mahalla institutining roli katta. Yurtimizning boy tarixi bilan chambarchas bogʻliq bu oʻziga xos institutining mavqeyini yana-da oshirishda mahalla tizimi xodimlari faoliyati muhim ahamiyatga ega.

Prezidentimizning tegishli Farmonini ijro etish maqsadida ishlab chiqilgan ushbu Qonun bilan “22-mart – Mahalla tizimi xodimlari kuni” etib belgilangan.

Qonunning maqsadi va vazifasi mahalla tizimi xodimlarini ragʻbatlantirishdan, ularning nufuzini oshirishdan iborat. Bu esa jamiyatning betakror ijtimoiy tuzilmasi hisoblanadigan mahalla institutini aholining chinakam maslakdoshi va koʻmakdoshiga aylantirishga erishiladi.

Feruza ESHMATOVA,

Oliy Majlis Senati

Xotin-qizlar va gender tenglik

masalalari qoʻmitasi raisi

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер