Yangi pillachilik korxonasi ish boshladi

11:51 10 Iyun 2020 Iqtisodiyot
1497 0

Ellikqalʼa tumanida sifatli ipak qurti urugʻi tayyorlashga ixtisoslashtirilgan “VEST SILK VORM SEYED PRO” masʼuliyati cheklangan jamiyati tashkil etildi. Xitoy texnologiyasiga asoslangan mazkur korxona yiliga 12 ming quti pilla urugʻi ishlab chiqarish imkoniyatiga ega.

— Aytish joizki, mavjud mahalliy ipak qurti ishlab chiqaruvchi korxonalarning texnologiyalari ham jismonan, ham maʼnan eskirgan,-deydi korxona rahbari Baxt Sapayev. —Ularda tayyorlangan ipak qurti urugʻi koʻp yillardan buyon bitta avlodga tegishli boʻlgani, naslli duragay navlar yaratishda izlanishlar olib borilmagani sifatga ham, hosildorlikka ham salbiy taʼsir qilardi. Bizning yangi loyihamiz ana shu muammolarni bartaraf etish maqsadida amalga oshirildi.

Korxonada ayni paytda 50 kishi doimiy, 150 nafari mavsumiy ishchi sifatida mehnat qilmoqda. Ular qisqa fursatda xitoylik mutaxassislar tomonidan pilla urugʻi tayyorlash texnologiyasini mukammal oʻzlashtirishdi.

Hidoyat AHMEDOV,
“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер