Yangi Oʻzbekistoning nurli yoʻlidaman

17:12 04 Mart 2025 Jamiyat
321 0

Orzu kishini yangi marralar va yaxshi hayot sari ruhlantiradi. Hassos shoira va atoqli jamoat arbobi Zulfiya nomi bilan ataluvchi mukofotga loyiq koʻrilish barcha oʻzbekistonlik qizlar qatori mening ham orzum boʻlib kelgan. Kecha Prezident qarori oʻqib, bir orzum roʻyobiga peshvoz chiqqanimdan behad quvondim. Eng avvalo ota-onam tabrikladi. Qutlovlar maktabda — hamkasblarim davrasida davom etdi. Ayniqsa, men mehnat qilayotgan maktabning direktori G. Husanova va maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari K. Murodovaning tabrigi toʻlqinlantirib yubordi.

Darhaqiqat, bundan bir necha yillar avval men shu maktabning oʻquvchisi edim. Kecha murabbiylik qilgan oʻqituvchilarim bugun qadrli hamkasblarimga aylangan. Bir pedagog sifatida keyingi yillarda taʼlimga, ayniqsa, xotin-qizlar tahsiliga katta eʼtibor qaratilayotganini mamnuniyat va minnatdorlik bilan qayd etishim lozim. Oʻqituvchilarning huquq va manfaatlari mamlakatning Asosiy Qonuni — Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida qatʼiy belgilangani ham men kabi barcha soha xodimlarini ruhlantiradi. Yangi marralar sari sobit boʻlishda kuch beradi.

Zotan, ustozlik — sharafli va mashaqqatli ish. Inson hayotda qoqilmasligi, jamiyatda oʻz oʻrnini topishi uchun bir ustozning etagini tutishi kerak. Shu maʼnoda, meni hamisha qoʻllab-quvvatlab, ruhimni koʻtarib kelgan ustozim Ravshan Omonovga rahmat aytib, kelgusida bu eʼtirofni oqlab, u kishiga oʻxshab taʼlimning fidoyisi boʻlishga harakat qilaman.

Naima ANVAROVA,

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibasi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер