Yangi Oʻzbekiston — “Turkiya” gazetasida

19:14 25 May 2021 Dunyo
1331 0

Turkiyaning eng mashhur nashrlaridan biri sanalgan “Turkiya” gazetasida tarixshunos Irfon Hattotoʻgʻlining oʻtmish va soʻnggi yillardagi Oʻzbekistonga bagʻishlangan maqolasi chop etildi.

“Yangi Oʻzbekiston” deya nomlangan mazkur maqolada tarix va bugun, mamlakatimizda soʻnggi yillarda Prezidentimiz tomonidan amalga oshirilgan islohotlar, tarixan buyuk Turon xalqining yuragi sanalgan Oʻzbekiston har sohada ilgari qadam tashlab jahonga chiqayotgani hamda qoʻshni davlatlar, jumladan Turkiya bilan mustahkam aloqalar oʻrnatayotgani haqida soʻz borgan.

— Yangi bir uygʻonish davrini boshdan kechirayotgan Oʻzbekistonda, — deya yozadi Irfon Hattotoʻgʻli, — mamlakat Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yurt ravnaqi, ijtimoiy-siyosiy rivojlanishi yoʻlida ekkan tuxumlari oʻz mevasini bermoqda. Bir qator xorijiy korxonalarning, hamkorlarning kelishidan ham bilish mumkinki, ayni paytda Yangi Oʻzbekiston butun dunyo diqqat-eʼtiborini oʻziga tortmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер