Yangi oʻquv yilidan tibbiyot oliygohlari bitiruvchi kurs talabalari uchun koʻp tarmoqli shifoxonalarda ish haqi toʻlanadigan internatura yoʻlga qoʻyiladi
Davlatimiz rahbari sogʻliqni saqlash sohasidagi ustuvor yoʻnalishlarni belgilab berdi.
Birlamchi tibbiyot tizimini aholimiz talabiga moslashtirish ishlarini davom ettirish muhimligi qayd etildi. Tibbiyot brigadalarini shifokorlar bilan toʻliq toʻldirish, toʻliq stavkada ishlaydigan hamshiralarni koʻpaytirish zarurligi koʻrsatib oʻtildi.
Sohada kadrlar yetishmasligining sababi aslida tizim shaffof boʻlmagani oqibatida koʻplab mutaxassislar ishga kira olmayotgani ekani qayd etildi.
Sogʻliqni saqlash vazirligiga sohadagi barcha vakansiyalarni onlayn platformaga joylashtirib, kadrlarni ishga olish boʻyicha shaffof tizim yaratish topshirildi.
Yangi oʻquv yilidan tibbiyot oliygohlari bitiruvchi kurs talabalari uchun koʻp tarmoqli shifoxonalarda ish haqi toʻlanadigan internatura yoʻlga qoʻyiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring