Yangi oʻquv yilida uchta universitetda masofaviy oʻqitish shakli joriy etiladi
Arxiv foto
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti va Toshkent davlat pedagogika universitetida masofaviy oʻqitish shakli joriy etiladi.
2017–2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi tasdiqlandi.
2020/2021 oʻquv yilidan boshlab Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti va Toshkent davlat pedagogika universitetida tajriba tariqasida bosqichma-bosqich masofaviy oʻqitish shakli joriy etiladi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish, Adliya hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirliklari tomonidan 2020-yil 1-avgustga qadar:
— masofaviy oʻqitish shaklini amalga oshirish tartibi belgilanadi;
— dasturiy-apparat kompleksi yaratiladi;
— tegishli OTMlarning oʻquv jarayoniga masofaviy oʻqitish platformasini joriy etiladi va zarur boʻlgan uskunalar bilan jihozlanadi.
Shuningdek, 2020-yilda matematika, kimyo-biologiya, geologiya kabi yoʻnalishlarda fundamental va amaliy tadqiqotlar faollashtirilib, olimlarga barcha shart-sharoitlarni yaratish choralari koʻriladi.
2020-yil 1-sentyabrga qadar ilm-fanning ishlab chiqarish bilan faol integratsiyalashuvini taʼminlash maqsadida fundamental va innovatsion tadqiqotlar uchun maqsadli grant mablagʻlarini ajratish mexanizmi tubdan qayta koʻrib chiqiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring