Yangi obyektlar foydalanishga topshirildi
Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. Yangi yil bayrami arafasida Ishtixon tumanida 7 ta 7 qavatli uylardan iborat yangi zamonaviy turar joy majmuasi foydalanishga topshirildi. Ushbu majmuada 390 ta xonadon mavjud boʻlib, u zamonaviy talablarga javob beradigan, qulay va barcha infratuzilmalar bilan taʼminlangan.
Tantanali ochilish marosimida viloyat prokuraturasi, tuman hokimligi vakillari, aholi va tashabbuskorlar ishtirok etib, bu uylar uy-joyga ehtiyoji boʻlgan oilalar uchun muhimligi, endi ular Yangi yil bayramini oʻz uylarida kutib olishga imkoniyat boʻlganini alohida taʼkidladi.

Qoʻshrabotdagi Shovona mahallasida ham bir necha yangi obyektlar foydalanishga topshirildi. Ushbu mahalla “Obod mahalla” dasturiga kiritilib, mablagʻ yetishmaganligi sababli hududni obodonlashtirish ishlari yakunlanmay qolgandi. Viloyat prokuraturasi nazorati va koʻmagi bilan tegishli dastur yakuniga yetkazildi.
Xususan, Mahalla markazi, Nuroniylar maskani, tikuvchilik sexi va Shovona bozorchasi kabi bir qator obyektlar qurib bitkazildi. Bunday yangi qurilish obyektlari kelajakda hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga ham oʻz hissasini qoʻshadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring