“Yangi nafas” marafonida namanganliklar ham faollik koʻrsatdi

12:15 26 Iyun 2022 Jamiyat
879 0

Foto: Xalq so‘zi

Bugun ertalab mamlakatimizning 8 shahrida bir paytda start olgan “Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqalari Namanganda ham koʻtarinki ruhda tashkil etildi. 30-iyun — Yoshlar kuniga bagʻishlangan marafonda besh mingdan ziyod ishtirokchilar Namangan shahridagi Temir yoʻl shoh bekatidan «Uch favvora» xiyobonigacha boʻlgan uch kilometrlik masofani bosib oʻtdilar.

—“Bir vatanda, bir vaqtda, bir xil masofaga, bir maqsadda — birga yuguramiz!” shiori ostida oʻtkazilgan tadbirda oʻquvchi va talaba-yoshlar, ishchi-xizmatchilar hamda uyushmagan yoshlar vakillari zoʻr ishtiyoq bilan bilan qatnashdilar, — deydi Yoshlar ishlari agentligi Namangan viloyat boshqarmasi axborot va media xizmati rahbari Husanboy Poshshaxonov. —Ishtirokchilar orasida yetti yoshdan yetmish yoshgacha boʻlgan yugurish ixlosmandlari, hatto,jismoniy imkoniyati cheklangan fuqarolar ham bor. Masalan, Namangan davlat universitetining 73 yoshli muallimasi Lyudmila Muzaffarova belgilangan masofani tezkorlik bilan bosib oʻtgan boʻlsa, nogironlik aravachasida kelgan Pop tuman nogironlar jamiyati raisi Elmurod Dadaboyev chaqqon harakatlari bilan koʻpchilik eʼtiboriga tushdi.

Albatta, marraga peshqadamlar qatorida yetib kelganlar munosib taqdirlandi. Ularga tashkilotchilarning televizor, 1-3 million soʻm miqdoridagi pul mukofoti rasmiylashtirilgan vaucher, diplom va boshqa esdalik sovgʻalari topshirildi.

Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер