Yangi limonzorlar barpo etishga subsidiya ajratiladi
Yangi limonzorlar barpo etish va koʻchatlar xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlar har bir sotix uchun 300 ming soʻmgacha miqdorda subsidiya sifatida qoplab beriladi.
Subsidiya limonzorlar barpo etish ishlari yakunlanib, tuman ishchi komissiyasining ularni foydalanishga qabul qilish yuzasidan tasdiqlangan dalolatnomalari Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligiga taqdim etilgandan soʻng 1 oy muddatda ajratiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring