Yangi laboratoriya jihozlari topshirildi
Davlat ekologiya qoʻmitasi tomonidan atrof tabiiy muhit holatini, tabiiy resurslardan foydalanilish jarayonlarini kuzatish va baholash, uning ifloslanish darajasini prognoz qilish va yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy holatlarni oʻz vaqtida bartaraf etish maqsadida doimiy ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori ijrosidan kelib chiqib, qoʻmita tizimidagi Atrof-muhit ifloslanishi monitoringi boʻlimlari (tahliliy laboratoriya)larning moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlashga alohida eʼtibor berilmoqda.
Davlat ekologiya qoʻmitasi xabariga koʻra, kuni kecha tahliliy laboratoriyalarga 13 turdagi 104 dona laboratoriya oʻlchov va nazorat asbob-uskunalari topshirildi. Ushbu jihozlar hududiy laboratoriyalarning faoliyati samardorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring