Yangi korxonalar yangi imkoniyat eshiklarini ochdi
Respublikamizda xotin-qizlar bandligi taʼminlash borasidagi ishlar koʻlami kundan-kunga ortmoqda. Jumladan, Buloqboshi tumanida ham “ATUS BONI“ hamda ”KULLA SAVDO LUXE” MCHJlarining tashkil topishi natijasida 55 nafar opa-singlimiz doimiy ish joyiga ega boʻldilar.
— Korxonaning “Tinchlik” mahallasida barpo etilganligi shu hududda yashovchi xotin-qizlar uchun bir qancha qulayliklarni yuzaga keltirdi, —deydi ushbu koʻchada istiqomat qiluvchi Faridaxon Sharobiddinova. —Hozircha ish oʻrni cheklangan, biroq, yangi imkoniyatlar yaratilishi bilan safimiz yana-da ortishidan umidvormiz.
Ushbu korxonada bir yilda 1 million 50 ming dona kiyim-kechaklar ishlab chiqarilishi koʻzda tutilgan.
Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi” muxbiri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring