Yangi xalqaro transport va tranzit yoʻlagini barpo etish boʻyicha muhim hamkorlik

15:42 13 Oktyabr 2023 Siyosat
352 0

Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi tashabbusi bilan Qozogʻiston – Turkmaniston – Eron – Turkiya Respublikalarining transport vazirligi hamda temir yoʻl sohasi vakillari oʻrtasida videokonferensaloqa shaklida uchrashuv oʻtkazildi.

Uchrashuvda “Xitoy – Qozogʻiston – Oʻzbekiston – Turkmaniston – Eron – Turkiya – Yevropa” xalqaro transport yoʻlagini tashkil etish toʻgʻrisidagi bitimni imzolash bilan bogʻliq jarayonlarni jadallashtirishga qaratilgan muhim masalalar muhokama etildi.

Tomonlar “Xitoy – Qozogʻiston – Oʻzbekiston – Turkmaniston – Eron – Turkiya – Yevropa” xalqaro transport koridorini rivojlantirish barcha uchun birdek manfaatli ekanligini, ushbu yoʻlak tranzit tashuvlari va mamlakatlar oʻrtasidagi savdo aloqalarini rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochishga xizmat qilishini taʼkidladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер