Yangi yil bayramini yangi uyda nishonlaydilar
Yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayramini andijonlik 70 nafar oila yangi uyda nishonlaydigan boʻldi. Bayram oldidan bir guruh ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan, nogironligi boʻlgan, kam taʼminlangan, farzandlarini toʻliqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boʻlgan opa-singillarimizga yangi uy kalitlari topshirildi.


-Qizim Sanobarxonning turmushini oʻylab siqilardim,-deydi Andijon tumanida istiqomat qiluvchi Sayyoraxon Hayitboyeva. –Nogiron boʻlgani bois keyingi taqdiri nima kechadi, degan xayol tinchlik bermasdi. Hukumatimiz tomonidan yangi uy berilishi barcha tashvishlarimni aritdi.


“Koʻhinur” tantanalar saroyida boʻlib oʻtgan tadbirda Andijon shahri, Xoʻjaobod va Andijon tumanlarida istiqomat qiluvchi 70 nafar uy-joyga muhtoj fuqarolarga yangi uy kalitlari bilan birga esdalik sovgʻalari ham topshirildi.
Saminjon HUSANOV,
(“Xalq soʻzi”)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring