Yangi inqiroz: Livanda kuniga 20 soat elektr oʻchmoqda
Iqtisodiy muammolardan qiynalayotgan Livanda yangi inqiroz kuzatilyapti: mamlakat boʻylab elektr taʼminotida 20 soatlab uzilish boʻlyapti. Buning oqibatida aholi turli qiyinchiliklarga duch kelmoqda.
«Anadolu» agentligi xabariga koʻra, Livan energetika vazirligi elektr taʼminotidagi uzilishlarning bir qator sabablari borligini bildirgan. Jumladan, elektr stansiyalarida ishlatish uchun Jazoir va Kuvaytdan yoqilgʻi olib kelish kechikyapti. Shuningdek, vazirlik xavotirga tushib qolgan aholining yoqilgʻi gʻamlab qoʻyishga urinishi ham tanqislikka sabab boʻlganini maʼlum qildi.
Inqirozdan avval poytaxt Bayrutga kuniga 22 soat, qolgan hududlarga 12-14 soat elektr berilayotgan edi.
Eslatib oʻtamiz, ayni paytda Livan oʻz tarixidagi eng ogʻir iqtisodiy inqirozlarni boshdan oʻtkazyapti. Bu yerda mahalliy valyuta kun sayin qadrsizlanib bormoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring