Yangi hukumat sari — Germaniyada parlament saylovlari boʻlib oʻtdi 

02:58 27 Sentyabr 2021 Dunyo
1493 0

26-sentyabr kuni Germaniyada parlament saylovlari boʻlib oʻtdi. 

Gʻarb OAV kuzatishlariga koʻra, asosiy kurash Xristian-demokratlar ittifoqi/Xristian-sotsiallar ittifoqi bloki va Sotsial-demokratik partiya oʻrtasida kechgan.

Merkelning vorisi boʻlishi aytilayotgan Armin Lashet rafiqasi Syuzanna bilan birga Aaxen shahrida ovoz berdi. 

“Bu hayajonli kun, chunki bu har bir ovozni hisobga oladigan shiddatli poyga”, dedi Xristian-demokratlar ittifoqi/Xristian-sotsiallar ittifoqi blokidan Germaniya federal kansleri lavozimiga nomzod Armin Lashet.

Lashetning asosiy raqibi — Olaf Shols. U ham rafiqasi Britta Ernst bilan saylov uchastkasiga borgan. Ular Potsdam shahrida ovoz bergan. Sholsning partiyasi allaqachon gʻalaba haqida gapirmoqda, ammo bu hozircha shunchaki bashorat.

“Bugun yaxshi kun... Umid qilamanki, imkon qadar koʻproq fuqarolar ovoz berishga borishadi”, dedi Germaniya sotsial-demokratik partiyasidan Germaniya federal kansleri lavozimiga nomzod Shols.

“Yashillar”dan kanslerlikka nomzod Annelena Berbok ovoz berishdan keyin jurnalistlarga uning partiyasi soʻrov natijalariga qaraganda koʻproq ovoz olishini aytdi.

Bundestag  — Yevropadagi eng yirik parlament, hozirda unda 700 nafardan ortiq deputat bor.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, saylovda Germaniya sotsial-demokratik partiyasi nomzodi yetakchilik qilmoqda.

 

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер