“Yangi hayot” yangi qiyofaga kirdi

17:44 11 Oktyabr 2023 Jamiyat
296 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Sayxunobod tumanidagi olis — Yangi hayot mahallasida “Obod xonadon”, “Obod koʻcha” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida katta bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi.

Xususan, 2 kilometrlik piyodalar yoʻlagi qurildi. Mavjud 634 ta xonadonning bari ichimlik suvi bilan taʼminlandi. Shuningdek, 5 ta transformator taʼmirlanib, 56 ta simyogʻoch yangi temir-beton ustunlarga almashtirildi. Shuningdek, 1,8 km masofaga elektr tarmogʻi tortildi. Koʻchalarga oʻrnatilgan chiroqlar esa Yangi hayot tunlarini charogʻon qildi.

Ayni kunlarda mahallaga olib boruvchi 6 kilometr yoʻlga asfalt yotqizilmoqda. Eʼtiborlisi, mahalla ahli ham ham obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlariga koʻmaklashmoqda. Hashar qilinib, ariqlar tozalanib, daraxtlar oqlandi. Xonadonlar tartibga keltirildi. Tomorqalarga toʻqsonbosti usulida sabzavot ekinlari ekildi.

Ozod va obod, tinch-totuv yurtga bayramlar yarashadi. Kecha Yangi hayot mahallasida tantanali bayram tadbiri tashkil etildi. Unda viloyat va tuman sektorlari rahbarlari, nuroniylar, yoshlar, keng jamoatchilik vakillari qatnashdi. Barchaga dasturxon yozilib, osh tarqatildi. Xayrli ishlarda faollik va tashabbuskorlik koʻrsatgan koʻchaboshilar hamda xonadonlar sohiblari qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Tadbir mahalla markazida bunyod etilgan yozgi amfiteatrda katta konsert dasturi bilan davom etdi.

Ahmadali SHERNAZAROV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер