Yangi bogʻcha foydalanishga topshirildi

20:07 01 Iyul 2024 Jamiyat
268 0

Jahongir BOYMURODOV/“Xalq soʻzi”. Gʻuzor tumanidagi Xalqobod mahallasida tadbirkor tomonidan 25 oʻrinli oilaviy maktabgacha taʼlim muassasasi foydalanishga topshirildi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda tuman hokimligi masʼullari, ota-onalar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

— Bugun ota-onalarda farzandining yaxshi taʼlim olishi, til oʻrganishiga eʼtibor kuchayib bormoqda, — deydi tadbirkor Elbek Xayrullayev. — Hozir faoliyatga malakali mutaxassislarni jalb etdik. Bogʻchaga chiqmoqchi boʻlgan bolalar soni ortib bormoqda. Albatta, ota-onalar ishonchini oqlashga harakat qilamiz.

Taʼkidlash joiz, ayni paytda tumanda 33 ta davlat hamda 5 ta davlat xususiy sherikchiligi asosidagi maktabgacha taʼlim muassasasi faoliyat yuritmoqda. Oilaviy bogʻchalar soni 212 taga yetdi. Ushbu bogʻchalarga tumandagi 3 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan jami 20290 nafar bolaning 13880 nafari (68,4 foizi) qamrab olingan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер