Yangi avtomashinaning boʻyoqlari koʻchib tushsa...

12:13 26 Avgust 2019 Jamiyat
1184 0

Illyustrativ foto

Navoiy shahar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Navoiy shahri “Umid” qoʻrgʻonida yashovchi Husniddin Saidov yozma murojaat qilib, unda GM OOO “Navoiyavtotexxizmat” dan shartnoma asosida 64 662 000 soʻmga sotib olgan SPARK avtomashinasining boʻyoqlari 3 oy muddat ichida koʻchib tushayotganidan noroziligini bildirib, ushbu masalada amaliy yordam berishni soʻragan.

Ushbu murojaat federatsiya xodimlari tomonidan oʻrganib chiqildi va Husniddin Saidovning shikoyati asosli ekanligi kuzatilib, mutaxassis xulosasi olindi.

Isteʼmolchi murojaatida qayd etganidek avtomashinaning ustki qismi ranglari boshqa qismlardan ajralgan holda sezilarli darajada rangi koʻchib tushganligi aniqlandi. Ushbu muammo yuzasidan GM OOO “Navoiyavtotexxizmat” rahbariyatiga isteʼmolchining huquqlari va taʼminotchining majburiyatlari tushuntirildi.

Shundan soʻng Husniddin Saidovning SPARK avtomashinasi ishlab chiqaruvchi tomonidan qayta ranglanib, nuqsonlari bartaraf etilishida amaliy yordam koʻrsatildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер