Yangi avtobuslar olib kelindi

17:49 29 Dekabr 2023 Jamiyat
907 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Samarqand shahrida yoʻlovchilarga transport xizmati koʻrsatishning jozibadorligini oshirish maqsadida Yangi yil bayrami arafasida “Dilshodtransservis” MCHJ tomonidan Xitoy Xalq Respublikasining CRRC zavodida ishlab chiqarilgan 10 ta yangi avtobus olib kelindi.

Zamonaviy talablar asosida jihozlangan mazkur avtobuslar endilikda Samarqand shahar jamoat transportining yangi yoʻnalishlar tarmogʻida belgilangan yoʻnalishlarga chiqariladi. “Dilshodtransservis” MCHJ rahbariyatining maʼlum qilishicha, ushbu rusumdagi avtobuslardan yana 20 ta olib kelinishi koʻzda tutilgan.

Avvalroq “Maroqand trans 777” MCHJ tomonidan Xitoy Xalq Respublikasining “King Long” avtozavodi bilan 80 dona avtobus sotib olish boʻyicha kelishuvga erishilib, ushbu avtobuslarning dastlabki 20 tasi Samarqand shahriga olib kelingan edi. Ular bugungi kunda Samarqand shahridagi ichki yoʻnalishlarda yoʻlovchilarga sifatli xizmat koʻrsatib kelmoqda.

Abdulaziz YOʻLDOSHEV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер