Yangi Andijon shahrida ilk maktabgacha taʼlim tashkiloti ish boshladi
Foto: “Xalq soʻzi”
Saminjon HUSANOV/«Xalq soʻzi». Yangi Andijon shahrida ilk maktabgacha taʼlim tashkiloti qurilib, foydalanishga topshirildi. Muassasada bolajonlar uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Sport va musiqa xonalari innovatsion taʼlim berishga ixtisoslashtirilgan jihozlar bilan jihozlangan. Gimnastika va mental arifmetika toʻgaraklari kichkintoylarning aqliy va jismoniy shakllanishiga yordam beradi.
— Shahrimiz viloyatning eng obod va koʻrkam manzillaridan biriga aylanib bormoqda, — deydi Zulfizarxon Samandarova. — Bu yerda turar-joy binolari bilan bir qatorda aholiga maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, ishlab chiqarish korxonasi oʻz faoliyatini boshladi. Maktabgacha taʼlim tashkilotining tashkil etilishi esa biz ota-onalar uchun ayni muddao boʻldi.
Hozirda taʼlim tashkiloti 420 nafar bolajonlarni qamrab olgan boʻlib, ular uchun bir paytning oʻzida oʻzbek tilidan tashqari rus va ingliz tillarida ham mashgʻulotlar tashkil etilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring