Yangi agronomlarni tayyorlash jamgʻarmasi tashkil etiladi

11:30 13 Aprel 2026 Hujjatlar
253 0

Qarorga koʻra, 2026/2027-oʻquv yilidan:

Universitet tomonidan belgilanadigan mos taʼlim yoʻnalishlarining oʻquv dasturlarini qayta koʻrib chiqqan holda:

— 1-kurs bitiruvchilariga “A”, “B”, “C” va “D” toifalaridagi qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini boshqarish huquqini beruvchi traktorchi-mashinist guvohnomasi;

— 2-kurs bitiruvchilariga (“A”, “B”, “C” va “D” toifasidagi traktorchi-mashinist guvohnomasi mavjud) “E” va “F” toifalaridagi qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini boshqarish huquqini beruvchi traktorchi-mashinist guvohnomasi belgilangan tartibda beriladi.

Universitet huzurida Yangi agronomlarni tayyorlash jamgʻarmasi (Jamgʻarma) tashkil etiladi.

Yoshlar tomonidan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishdan sotishgacha boʻlgan zanjirni moliyalashtirish maqsadida Oʻzbekiston yosh fermerlar kengashi tomonidan “Yosh fermerlar savdo maktabi” loyihasi amalga oshiriladi.

Universitet talabalarini agrar sohada amaliy bilimlarga ega boʻlgan mutaxassis sifatida tayyorlash maqsadida 2026/2027-oʻquv yilidan boshlab “kelajak fermerlari” tashabbusi joriy etiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер