Yangi agentlikka direktor tayinlandi
Hukumat qarori (870-son, 15.10.2019-y.) bilan Kamoliddin Faxrutdinovich Talipov Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligining direktori etib tayinlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Eslatib oʻtamiz, Agentlik Prezidentning 2019-yil 2-avgustdagi PQ–4412-son qarori bilan tashkil etilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring