Yanada tez tarqalmoqda! Yana uch davlatda koronavirusning yangi turi qayd etildi

00:54 21 Dekabr 2020 Dunyo
1729 0

Avval Вuyuk Britaniyada, soʻng Niderlandiya, Daniya va Avstraliyada koronavirusning yangi turi qayd etildi. Bu haqda Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti xabar berdi.

Mutaxassislarning taʼkidlashicha, koronavirusning yangi turi avvalgisidan koʻra tezroq tarqalmoqda. 

Gollandiya hukumati yaqin kunlarda Yevropa Ittifoqining boshqa aʼzo davlatlari bilan yangi shtammning tarqalishini oʻrganish boʻyicha ishlarni boshlanishini maʼlum qildi. Bundan tashqari, mamlakat 1-yanvargacha Buyuk Britaniya bilan reyslarni bekor qildi.

Dekabr oyi boshida JSST Buyuk Britaniyada qayd etilgan SARS-CoV-2 koronavirusining yangi mutatsiyasi xavfini baholadi. Mutaxassislarning fikriga koʻra, bu yana-da yuqumli, ammo kasallikning xavf darajasini oʻzgarmagan.

14-dekabr kuni Buyuk Britaniyaning Sogʻliqni saqlash vaziri Mettyu Xenkok mamlakatda SARS-CoV-2 koronavirusining yangi turi qayd etilgani, u tezroq tarqalayotganini maʼlum qildi. Uning soʻzlariga koʻra, virus odamdan odamga yuqishi oson.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер