Yana uch nafar fuqaroda koronavirus aniqlandi. Bemorlar soni 18 nafarga yetdi

21:29 18 Mart 2020 Jamiyat
1133 0

Bundan bir muddat oldin Fransiyada boʻlib qaytgan Oʻzbekiston fuqarosida koronavirus infeksiyasi aniqlanganligi haqida xabar bergan edik. Soʻnggi maʼlumotlarga qaraganda, uning onasi, kelini va birga ishlaydigan hamkasbida ham ushbu infeksiya borligi tasdiqlangan. Har uch fuqaro ham shu vaqtgacha tibbiy nazoratda boʻlgan. Ayni paytga kelib, ushbu infeksiya aniqlangan bemorlar soni 18 nafarga yetdi.

Eslatib oʻtamiz, infeksiya tarqalib ketishining oldini olish maqsadida olib borilayotgan epidemiologik surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Sogʻliqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер