Uch hududda yana 205 kishida koronavirus tashxisi qoʻyildi
Illyustrativ surat
Yangi kasallanish holatlarining 190 nafari Toshkent shahrida (shundan 94 nafari tana harorati koʻtarilganligi hamda koronavirus bilan kasallangan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar, 96 nafari esa Oʻrtasaroy karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida), 11 nafari Andijon viloyatida, qolgan 4 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Sogʻliqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi xabariga koʻra, hozirda mamlakatimizda 9 577 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring