Yana bir kompaniya "Covid-19"ga qarshi vaksina sinovlari muvaffaqiyatli oʻtayotganini maʼlum qildi

11:33 27 Sentyabr 2020 Dunyo
1318 0

Illyustrativ foto

"Johnson & Johnson" kompaniyasining koronavirus infeksiyasiga qarshi eksperimental vaksinaning klinik sinovlari muvaffaqiyatli kechayotganini maʼlum qildi. 

"MedRXiv" tibbiy portalida eʼlon qilingan natijalarga koʻra, sinovlarda 800 kishi qatnashgan. Ular ikki guruhga boʻlingan: birinchisiga 18 yoshdan 55 yoshgacha boʻlganlar, ikkinchisiga 65 yoshdan oshganlar kiritilgan.

Taʼkidlanishicha, “Covid-19” vaksinasi klinik sinovlarning birinchi va ikkinchi bosqichlarida deyarli barcha ishtirokchilarda barqaror immunitetga javoban taʼsir koʻrsatgan. Xususan, 18 yoshdan 55 yoshgacha boʻlgan sinov ishtirokchilarining 99 foizida vaksina qabul qilganidan keyin 29 kun ichida ularda antitanachalar paydo boʻlgan.

Kompaniya tomonidan aniqlik kiritilishicha, kuzatuv jarayonida ayrim nojoʻya taʼsirlar, masalan, bosh ogʻrigʻi, isitma, holsizlik va tanada ogʻriq kuzatilgan. Ammo bular  bir necha kundan keyin yoʻqolgan.

“Johnson & Johnson” oʻtgan chorshanba kuni oʻz vaksinasini klinik sinovlarining uchinchi bosqichini boshladi. Rejaga koʻra, kompaniya vaksinani 2021-yil boshida sertifikatlash uchun taqdim etishni rejalashtirmoqda.

Avvalroq, AQSHning "Novavax" kompaniyasi ham koronavirusga qarshi vaksina sinovining uchinchi bosqichini boshlagan edi.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер