Yana bir davlatda koronavirusning «Omikron» shtammi bilan zararlanish qayd etildi
Foto: РИА Новости
Rossiyaga Janubiy Afrika Respublikasi (JAR)dan kelgan oʻn nafar yoʻlovchida koronavirus aniqlangan. Hozirda mutaxassislar ular qaysi shtammlar bilan zararlanganiga oydinlik kiritishmoqda.
Dastlabki tasdiqlangan maʼlumotlarga koʻra, infeksiya bilan zararlanganlarning ikki nafari “COVID-19”ning «Omikron» shtammini yuqtirgan.
Rospotrebnadzor xabariga koʻra, JARdan kelganlarda koronavirusning yangi shtammi aniqlangan. Ular ayni paytda izolyatsiyada saqlanmoqda.
“JAR va unga qoʻshni davlatlardan Rossiyaga qaytgan barcha fuqarolardan kelish vaqtida koronavirusga test olinadi va maxsus tayyorlangan kuzatuv joylariga joylashtiriladi”, deyiladi Rospotrebnadzor xabarida.
Oldinroq Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti “Omikron” shtammi bilan zararlanish dunyoning 38 davlatida qayd etilganini maʼlum qilingan edi.
Bungacha “Omikron” shtammining asosiy belgilari maʼlum qilingandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring