Yana bir davlat rahbarining koronavirus yuqtirib olgani maʼlum boʻldi
Illyustrativ foto
Meksika prezidenti Andres Manuel Lopes Obrador koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan. Bu haqda siyosatchi oʻzining «Tvitter»ida yozgan.
«Sizga menga COVID-19 tashxisi qoʻyilganligini xabar qilayotganimdan afsusdaman. Simptomlar yengil, shunga qaramay davolanish boshladim. Men har doimgidek nekbinman. Barchamiz oldinga harakat qilamiz», deb yozgan u.
Meksika rahbari salomatligi sabab ertalabga belgilangan matbuot anjumanlarini oʻtkaza olmasligini, shuning uchun uning oʻrnini mamlakat ichki ishlar vaziri Olga Sanches Kordero egallashini bildirgan.
Avvalroq, Lopes Obrador Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qilganini haqida xabarlar tarqalgan edi. Davlatlar rahbarlari ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qilishib, shuningdek, Rossiyaning koronavirusga qarshi «Sputnik V» vaksinasini Meksikaga yetkazib berish masalasini ham muhokama qilgan.
Meksika hukumati shu yilning yanvaridan martigacha 7,4 million dozagacha ana shu vaksinadan sotib olmoqchi. Ayni paytda mamlakatda tibbiyot xodimlarini "Pfizer" vaksinasi bilan emlash tadbirlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring