Yalpi majlisida Oliy sud raisining o‘rinbosarlarini saylash to‘g‘risidagi masala ham ko‘rib chiqildi
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Senatning 57-yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining o‘rinbosarlarini saylash to‘g‘risidagi masala ham ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasi va Oliy Majlis Senatining tegishli qaroriga asosan Ikram Tuxtamuratovich Muslimov besh yil muddatga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi o‘rinbosari – sudlov hay’ati raisi lavozimiga hamda Olimjon Xamitovich Ismailov besh yil muddatga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining o‘rinbosari – sudlov hay’ati raisi lavozimiga saylandi.

Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring