Yalpi ichki mahsulot oʻsishi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 105,5 foizga oʻsgan 

11:47 11 May 2023 Siyosat
621 0

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boshlandi.

Majlisda Vazirlar Mahkamasining “2022 – 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini «Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 2023-yil birinchi choragida bajarilishi yuzasidan hisoboti koʻrib chiqilyapti.

Kun tartibidagi masala yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.Qoʻchqorov axborot bermoqda.

Qayd etilganidek, yalpi ichki mahsulot oʻsishi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 105,5 foizga oʻsgan. Davlat budjeti daromadlari 47,3 trln. soʻmga ijro etilgan. Aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish maqsadida Davlat budjetidan ijtimoiy sohalarga yoʻnaltirilgan xarajatlar 18,1 trln. soʻmni tashkil qilib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 22,3 foizga oshgan.

Hisobot davrida jami qiymati 2,55 mlrd. dollarlik xorijiy investitsiyalar oʻzlashtirilgan, tovarlar va xizmatlar eksporti 3,2 mlrd. dollarga yetgan. Mahalliylashtirish dasturi doirasida 6,2 trln. soʻmlik import oʻrnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarilgan.

Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish borasida ham tizimli ishlar bajarilgan. Jumladan, ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan ishsiz xotin-qizlarni davlat hisobidan mehnat bozorida talab yuqori kasb-hunarlarga oʻqitish maqsadida 78 ming nafar xotin-qizlarning manzilli roʻyxati shakllantirilgan.

Shuningdek, aholiga tibbiy yordam koʻrsatish samaradorligini yanada oshirish, reproduktiv yoshdagi va homilador ayollar uchun yuqori texnologik tibbiy yordam koʻrsatish tizimini takomillashtirish maqsadida 46 ta tumanlararo perinatal markazlarni tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash boʻyicha tegishli shartnomalar imzolangan.

Xorijiy davlatlarda mehnat qilib qaytgan fuqarolarning bandligini taʼminlash va ularni reintegratsiya qilish maqsadida 80,2 ming nafarga yaqin fuqaroning bandligi taʼminlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер