“Yalla” ansamblining ijodiy jamoasini mukofotlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni
Oʻzining yorqin isteʼdodi, yuksak professional mahorati, koʻp yillik samarali ijodiy faoliyati bilan oʻzbek estrada sanʼatini rivojlantirish, uning shon-shuhratini xalqaro miqyosda keng targʻib etish, xalqlar oʻrtasida madaniy aloqalar, oʻzaro doʻstlik va hamjihatlikni mustahkamlashga qoʻshgan katta hissasi, navqiron iqtidor egalarining qobiliyatini roʻyobga chiqarish, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash borasidagi alohida xizmatlari hamda “Yalla” ansambli tashkil etilganining 50 yilligi munosabati bilan quyidagilar mukofotlansin:
“El-yurt hurmati” ordeni bilan
Zakirov Farrux Karimovich - “Yalla” ansambli badiiy rahbari
“Doʻstlik” ordeni bilan
Aliyev Abbos Saidovich - “Yalla” ansambli sozandasi
Toxtayev Javlon Ramzitdinovich - “Yalla” ansambli sozandasi
Xalikov Igor Yakubovich - “Yalla” ansambli direktori
Xalikov Timur Pulatovich - “Yalla” ansambli sozandasi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring