Yakkasaroyda kesilgan daraxtlar boʻyicha tuman prokurori ham jazolandi

21:16 23 Fevral 2020 Jamiyat
1109 0

“Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, “Yunus Rajabiy” mahallasida koʻp yillik 81 ta daraxtlarning qonunga xilof ravishda kesilgani holati boʻyicha toʻplangan hujjatlar oʻrganilib, aybdorlarga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgani haqida xabar bergan edik.

Bugun soat 16:00da Toshkent shahar prokuraturasida mutasaddi idoralar ishtirokida mazkur holat yuzasidan tezkor yigʻilish oʻtkazildi. Toshkent shahar prokurorining 23-fevraldagi buyrugʻi bilan Yakkasaroy tuman prokurori N.A.Allabergenovga oʻz xizmat vazifasini lozim darajada bajarmay, tumanda qonunlar ijrosi ustidan yetarli prokuror nazoratini oʻrnatmagani uchun hayfsan eʼlon qilindi”, deyiladi shahar prokuraturasi bayonotida.

Eslatib oʻtamiz, 21-fevral kuni Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi inspektorlari Yakkasaroy tumani, Yu.Rajabiy mahallasi hududida 81 tup daraxt kesib tashlanganini aniqladi.

Bugun, 23-fevral kuni Toshkent shahar prokuraturasi “Building And Supplies” MCHJ tomonidan unga ajratilgan yer maydonidagi koʻp yillik 81 tup daraxt qonunga zid ravishda kesilgani oqibatida oʻsimlik dunyosiga 630,4 mln soʻm moddiy zarar yetkazilgani haqida maʼlum qildi.

Dastlabki tergovda ayblanuvchilardan 1 mlrd. 891,3 mln. soʻm undirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер