“Windows” oʻzida sunʼiy intellektni mujassamlashtirgan operatsion tizimini ishlab chiqmoqda
Foto: Illustrativ foto
“Microsoft” kompaniyasi “Windows CorePC” deb nomlangan yangi operatsion tizim loyihasi ustida ishlamoqda.
Yangi operatsion tizim barcha qurilmalarga (kompyuter, noutbuk, planshet va mobil telefonga) moslashuvchan va oʻzining sunʼiy intellektiga ega boʻladi.
Loyihada video va foto tasvirlarni maxsus qoʻshimcha dasturlarsiz sunʼiy intellekt yordamida toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrish va tahrirlash mumkin boʻladi.
Shuningdek, sunʼiy intellekt foydalanuvchiga qidiruv tizimlarida oʻzining takliflarini kiritadi va suratdagi yozuvlarni matn koʻrinishiga oʻtkazib bera oladi.
Yangi operatsion tizimni tashqi taʼsirlardan himoyalash maqsadida administratordan tizimning fayllarini uchirib yuborish huquqi olib tashlangan.
“Microsoft” ushbu loyihadan tashqari “Windows 10X” va “Windows Core OS” loyihalarni tugatganini maʼlum qilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring