WADA Tokio Olimpiadasi boʻyicha oʻz hisobotini eʼlon qildi
WADA Butunjahon antidoping agentligining ushbu hisobotiga koʻra, Tokio-2020 Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida jami 5125 nafar sportchidan doping-sinamalar olingan.
Bunda 2724 nafar sportchidan doping-sinama bir marta, 2401 nafar sportchidan esa doping-sinama ikki marta olingan boʻlib, jami Oʻyinlar ishtirokchilarining 35,4 foizi taqiqlangan moddalarga tekshirilgan. Ulardan 14 nafar sportchida doping aniqlangan.
Eslatib oʻtamiz, Tokio Oʻyinlaridan boshlab maxsus Oʻyinlaroldi doping-testlash dasturi joriy etilgan boʻlib, unga koʻra Oʻyinlar boshlanishidan 6 oy oldin olimpiada va paralimpiadaga litsenziya olgan sportchilar 4-6-marta doping-sinama topshirishlari shart. Faqatgina doping-sinamalari manfiy natija koʻrsatgan (yaʼni tarkibida taqiqlangan moddasi yoʻq) sportchilar Oʻyinlarga qoʻyiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring