Vyetnam Prezidenti vafot etdi
Vyetnam Prezidenti, davlatning uchta rahbarlaridan biri Tran Day Kuang 61 yoshida vafot etdi. Bu haqda Reuters Vyetnam davlat televideniyesiga tayanib xabar berdi.
Prezident 21 sentyabr kuni tongi vaqtda Xanoydagi harbiy kasalxonasida vafot etgan. Mahalliy va chet ellik shifokorlarning urinishlariga qaramay Kuang uzoq vaqt davom etgan ogʻir kasallik natijasida vafot etgan, deyiladi xabarda.
Maʼlumot uchun, Vyetnam Prezidenti mamlakatni boshqaradigan yagona shaxs sanalmaydi. Mamlakat qonunchiligiga koʻra, davlat Prezident, Bosh vazir va Kommunistlar partiyasi rahbari tomonidan boshqariladi. Tahlilchilarning fikriga koʻra, mamlakatda prezidentlik lavozimi koʻproq faxriy maqomdagi rahbarlikni anglatadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring