Vositachilar AQSH va Eron oʻrtasida muzokaralarning yangi bosqichini oʻtkazish niyatida
Misr, Pokiston va Turkiyadan boʻlgan vositachilar AQSH va Eron ishtirokida muzokaralarning yangi bosqichini tashkil etishmoqchi, deb xabar bermoqda Axios.
Maʼlumotlarga koʻra, muzokaralarni yaqin kunlarda tashkil etish rejalashtirilgan. Bundan koʻzlangan maqsad — mavjud kelishmovchiliklarni bartaraf etish hamda 21-aprel kuni tugaydigan oʻt ochishni toʻxtatish haqidagi kelishuv muddati yakunlanguniga qadar tinchlik bitimiga erishishdir.
Portal suhbatdoshining qayd etishicha, tomonlar “mutlaqo boshi berk koʻchada emaslar”.
“Eshiklar hali yopilgani yoʻq, har ikki tomon muzokaralarni davom ettirmoqda”, — deyiladi xabarda.
Eslatib oʻtamiz, 11–12-aprel kunlari Islomobodda boʻlib oʻtgan AQSH va Eron oʻrtasidagi muzokaralar natijasiz yakunlangan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring