“Voljskiy – Toshkent” va “Moskva – Toshkent” yoʻnalishida navbatdagi maxsus poyezdlar qatnovi amalga oshiriladi

23:10 17 Mart 2021 Jamiyat
833 0

COVID-19 koronavirus pandemiyasi davrida Rossiya davlatida qolib ketgan yurtdoshlarimizni mamlakatimizga olib kelish maqsadida “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tomonidan navbatdagi maxsus poyezdlar qatnovi yoʻlga qoʻyilmoqda.

Jumladan, “Voljskiy – Toshkent” yoʻnalishida harakatlanadigan 483/484- sonli poyezd 19-mart kuni Moskva vaqti bilan soat 20:50 da “Voljskiy stansiyasidan, shuningdek, 22-mart kuni «Moskva – Toshkent” yoʻnalishida harakatlanadigan 476-sonli maxsus poyezd 22-mart kuni Moskva vaqti bilan soat 22:28 da “Kazanskaya” temir yoʻl vokzalidan joʻnaydi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Yoʻlovchilarga chipta xarid qilishda qulaylik yaratish maqsadida elektron chiptalarni sotish yoʻlga qoʻyilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер