“Volkswagen“ va ”BMW” ehtiyot qismlar yetishmasligi sababli Yevropadagi zavodlari ishini toʻxtatdi
Illyustrativ foto
Yevropada avtomobilsozlik kompaniyalar ayrim zavodlarining ishini vaqtincha toʻxtatishga qaror qilgan. Bu haqda “Financial Times” nashri xabar bermoqda.
Manbada qayd etilishicha, bu qaror Ukrainadan olib kelinadigan qismlarning yetishmasligi bilan bogʻliq. Yaʼni, avtomobilsozlik uchun zarur boʻladigan elektr kabellar importi umumiy hajmining qariyb beshdan bir qismi mazkur davlatdan yetkazib berilgan.
Xususan, Germaniyaning "Volkswagen“ va ”BMW“ Rossiyaning Ukrainaga boshlagan “maxsus harbiy amaliyoti”dan keyin mazkur davlatdagi elektr kabellar ishlab chiqaruvchi korxonalarni yopilishi natijasida Yevropa boʻylab zavodlarini ishini toʻxtatishga majbur boʻlgan. Bundan tashqari, kompaniyalar logistikani tashkil etishda ham jiddiy qiyinchiliklarga duch kelishmoqda.
Baʼzi yetkazib beruvchilar oʻz ishlarini davom ettirishga muvaffaq boʻlmoqda. “Volkswagen” kompaniyasi esa bosh direktor Xerbert Dissning taʼkidlashicha, muammoni hal qilishning muqobil yoʻllarini oʻrganishni boshlagan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring