Vodiylik tadbirkor yoshlar bir tarmoqda birlashadilar
Foto: “Xalq so‘zi”
Hududlarda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ayniqsa, ularni tadbirkorlikka yo‘naltirish, istiqbolli loyihalarini amalga oshirishlari uchun imkoniyat yaratish borasida xayrli ishlarga qo‘l urilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining hamkorlikdagi «Farg‘ona vodiysi yoshlarining ijtimoiy uyg‘unligi» qo‘shma dasturi doirasidagi “YouthHub” yoshlar tarmog‘ining ish boshlashi shular jumlasidan.
Andijon shahridagi Yoshlar markazida ushbu tarmoqning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda maʼlum qilinganidek, u yoshlarning biznesga doir startap g‘oyalarini yaratish bilan bir qatorda yangi innovatsion loyihalarni ishlab chiqish va uni muhokama qilishga imkoniyat beruvchi platforma vazifasini o‘taydi.
Ochilish marosimida tarmoq faoliyatini tashkillashtirish va rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan barcha texnik vositalar taqdim etildi.
Saminjon HUSANOV, “Xalq so‘zi”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring