Vodiy viloyatlari isteʼmolchilarining elektr taʼminotida qisqa muddatli uzalishlar kuzatilmoqda

17:08 21 Dekabr 2023 Jamiyat
703 0

Energetika vazirligi xabariga koʻra, bugun soat 14:13 da vodiy viloyatlari isteʼmolchilarini elektr energiyasi bilan taʼminlovchi yuqori kuchlanishli “L-524” elektr uzatish tarmogʻida nosozlik yuzaga kelgan.

Buning natijasida vodiy viloyatlari (Namangan, Fargʻona va Andijon)ning elektr taʼminotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilmoqda.

Hozirgi vaqtda ushbu nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilyapti. Nosozlik tez orada bartaraf etilib, elektr energiyasi barqarorligi taʼminlanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер