Vobkent tumanida avtomobil gaz quyish shoxobchasida yongʻin sodir boʻldi (+video)

12:38 15 Fevral 2025 Jamiyat
359 0

Vobkent tumanida joylashgan “Saripul avtogaz” MCHJga qarashli avtomobil gaz quyish kompressor shoxobchasi (ASGQKS) hududida 15-fevral kuni yongʻin sodir boʻldi. Hodisa taxminan soat 06:30 larda HOWO rusumli yuk avtomashinasining salon qismida elektr simlarida qisqa tutashuv yuzaga kelishi natijasida roʻy bergan.

Baxtsiz hodisa sodir boʻlishi bilanoq, haydovchi tezkorlik bilan harakat qilgan hamda yongʻin oʻchirish vositalaridan toʻgʻri foydalanish orqali yongʻinni bartaraf etishga muvaffaq boʻlgan. Ushbu vaziyat oqibatida hech kim tan jarohati olmagan, yongʻin esa qisqa fursatda oʻchirilgan.

Mutasaddi idoralar tomonidan maʼlum qilinishicha, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining navbatchilik qismiga ushbu holat boʻyicha hech qanday xabar kelib tushmagan. Shunga qaramay, mutaxassislar yongʻin xavfsizligi qoidalariga qatʼiy rioya qilish hamda yongʻin oʻchirish vositalaridan toʻgʻri foydalanishni bilish muhimligini yana bir bor eslatmoqda.

Yongʻin sodir boʻlganda tezkor va toʻgʻri harakat qilish hamda yongʻin oʻchirish vositalaridan samarali foydalanish yongʻin oqibatlarini kamaytirishga yordam beradi. Mutaxassislar barcha haydovchi va fuqarolarni yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilishga chaqirmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер