Vladivostok shahridan ikki nafar fuqaro Oʻzbekistonga qaytarildi
Mamlakatimizning konsullik muassasalariga asli Xorazm viloyatidan boʻlgan fuqaro K.S.ning Rossiya Federatsiyasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida salomatligi yomonlashganligi sababli Oʻzbekistonga qaytarishda amaliy yordam soʻrab murojaat qilgan.
Shuningdek, Qashqadaryo viloyatidan fuqaro Sh.S. yashash joyida ehtiyotsizligi oqibatida ogʻir tan jarohati olib kasalxonaga yotqiziladi. U shifoxonada 3 marotaba jarrohlik amaliyotini boshidan oʻtkazib, qiyin moliyaviy ahvolda qoladi.
Vladivostok shahrida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirib kelgan ushbu yurtdoshlarimiz mamlakatimizning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasi va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining vakolatxonasi hamkorligida Oʻzbekistonga olib kelindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring