Vladimir Putin Shimoliy Koreya bilan Gʻarb nazoratidan xoli xavfsizlik tizimini yaratishga vaʼda berdi

13:47 18 Iyun 2024 Dunyo
753 0

Foto: РИА Новости

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Shimoliy Koreya bilan Gʻarb nazoratidan xoli boʻlgan savdo va xavfsizlik tizimlarini yaratishga vaʼda berdi. Rossiya yetakchisining Shimoliy Koreya davlat matbuoti tomonidan chop etilgan maktubida u Kim Chen Inni soʻzsiz qoʻllab-quvvatlashini bildirgan va ikki davlat oʻrtasidagi mustahkam munosabatlarni olqishlagan.

Putinning «Rodong Sinmun» gazetasida chop etilgan maktubida Rossiya va Shimoliy Koreya oʻrtasidagi uzoq yillik hamkorlikka urgʻu berilgan. Ularning munosabatlari tenglik, oʻzaro hurmat va ishonchga asoslanganligini alohida taʼkidlab oʻtilgan.

Maktubda Moskva Pxenyan bilan muqobil savdo mexanizmlarini ishlab chiqishga va Gʻarb cheklovlariga qarshi turishga vaʼda berilgan. Rossiya prezidenti Shimoliy Koreyaga Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlarini qoʻllab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirdi.

Shuningdek, buning evaziga rus tomoni Shimoliy Koreyani AQSH bosimi va tahdidlariga qarshi qoʻllab-quvvatlashini ham bildirib oʻtdi. Shimoliy Koreya davlat matbuoti Rossiyaning Ukrainadagi amaliyotlarini olqishlab, uni «muqaddas urush» deb atagandi.

AQSH davlat departamenti Shimoliy Koreyani Ukrainada foydalanish uchun Rossiyaga qurol yetkazib berishda ayblamoqda. Maʼlum boʻlishicha, Shimoliy Koreya Rossiyaga oʻnlab ballistik raketalar va minglab konteyner oʻq-dorilar yetkazib bergan. Moskva ham, Pxenyan ham bunday qurol almashuvini rad etadi.

Rossiya, shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashida Shimoliy Koreyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etish harakatlariga toʻsqinlik qilishi mumkin. Bu hamkorlik xalqaro konfliktlarga qaramay, ikki davlat oʻrtasidagi aloqalar mustahkamlanib borayotganidan dalolat beradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер