Vision invest qoʻshma loyihalar roʻyxatini kengaytiradi va Toshkentda mintaqaviy vakolatxonasini ochadi

12:50 10 Noyabr 2023 Jamiyat
288 0

Joriy yilning 9-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Vision invest kompaniyasi prezidenti va bosh ijrochi direktori Omar N. Ol-Midaniy bilan muzokaralar oʻtkazdi.

Saudiya Arabistoni tomoni Oʻzbekistonda soʻnggi yillarda amalga oshirilgan oʻzgarishlarni yuqori baholadi va qoʻshma loyihalarni amalga oshirishni samarali boshqarish uchun 10-noyabr kuni Toshkentda mintaqaviy vakolatxona ochish rejalashtirilganini maʼlum qildi.

Uchrashuvda, shuningdek, energetika, infratuzilmani rivojlantirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, suv resurslaridan foydalanish sohalarida yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.

Muzokaralar yakunida faol hamkorlik qilishga va erishilgan kelishuvlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish doirasida keng koʻlamli choralarini koʻrishga oʻzaro tayyorlik bildirildi.

Vision invest kompaniyasi 2002-yilda tashkil etilgan. Kompaniya boshqaruvidagi aktivlarining qiymati 96 milliard dollarni tashkil etadi. Vision invest ACWA Power kompaniyasi aksiyadori sanaladi va Saudiya Arabistoni, BAA va Ummondagi DXSH asosidagi loyihalarida yetakchi oʻrinni egallaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер