Vinisius Junior yoʻq, bayram ham yoʻq

12:26 05 Aprel 2026 Sport
386 0

Kecha, 4-aprel kuni Ispaniya La Ligasining 30-turidan oʻrin olgan bahslari davom ettirildi. Kun doirasidan oʻrin olgan bahsda “Real Madrid” klubi safarda “Malyorka” mehmoni boʻldi.

Uchrashuv 2:1 hisobida mezbonlarning gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinda hisob 41-daqiqada mezbonlar futbolchisi Manu Morianes tomonidan ochildi. Birinchi boʻlim 1:0 hisobida yakunlandi.

Ikkinchi boʻlimning 88-daqiqasida Eder Militao hisobni tenglashtirdi. Shundan soʻng, koʻpchilik oʻyin durang bilan tugashini kutib turgandi. Ammo, 90+1 daqiqada Vedat Muriki hisobni 2:1 koʻrinishiga keltirdi.

Shu tariqa Vederiko Valverde va Vinisius Juniorsiz oʻynagan “Real Madrid” muhim oʻyinda magʻlub boʻldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер